Bu qiziq! Ziesh Marokash safida umuman maosh olmagan

  • 10 dekabr, 2022, 09:32
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi hamda Marokash terma jamoasining eng mashhur futbolchilaridan biri bo‘lgan Xakim Ziesh hech qachon terma jamoa safida maosh olmagan.

Tecno

Ziesh bu daromadini har doim terma jamoa xodimlariga, shuningdek, Marokashning kambag‘al oilalariga yuboradi. Bu haqda jurnalist Xolid Beydun ijtimoiy tarmoqlarda aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Xakim Ziesh 2015 yilning oktyabr oyida Marokash terma jamoasida debyut qilgandi. O‘shandan beri vinger jamoa safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urgan va 11 ta golga assistentlik qilgan.

Bugun tunda Marokash terma jamoasi Portugaliyaga qarshi jahon chempionati 1/4 final uchrashuvini o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!