Bu yulduzga Saudiya yoqmadi. U yana Evropaga qaytishi mumkin

  • 10 yanvar, 2024, 09:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubi yarim himoyachisi Jordan Xendersonga "Ayaks" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar "Al-Ittifoq" 33 yoshli futbolchini sotishga rozi bo‘lsa, Amsterdam klubi yarim himoyachini yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Xenderson Saudiya Arabistonidagi yashash sharoitidan norozi ekani haqida xabar bergan edi. Futbolchiga ko‘chadagi havo haroratining yuqori namligi, shuningdek, "Al-Ittifoq" o‘yinlariga tashrif buyuruvchilarning kamligi yoqmayapti.

Joriy mavsumda Xenderson barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar imzolangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, uning bozor qiymati 7,5 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!