Bu yulduzni 25 million sanab, olib ketavering!

  • 25.07.2026 14:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Tottenxem” klubining braziliyalik hujumchisi Risharlison kelasi mavsum oldidan Italiya A seriyasisha ko‘chib o‘tishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, tajribali o‘yinchini Turinning “Yuventus” jamoasi o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istamoqda.

Shu bilan birga, London klubi ham futbolchisini qo‘yib yuborishga tayyor. “Shporlar” hujumchi uchun 20-25 million yevro atrofida narx belgilagan.

Risharlison 2022 yilda “Everton”dan “Tottenxem”ga 58 million yevro evaziga transfer qilingan edi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

2025/2026 yildagi mavsumda braziliyalik futbolchi London klubi safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!