
Buffon JCh-2018 favoritlari kimligini aytdi
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Buffon yozda Rossiya yashil maydonlari mezbonligida o‘tadigan mundial g‘olibligiga asosiy da’vogar terma jamoalar kimligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Argentina terma jamoasi juda katta potentsialga ega. Ushbu jamoada mahoratli hujumchilar va himoyachilar bor. Ular Braziliya, Germaniya va Ispaniya termalari bilan bir qatorda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlar hisoblanishadi”, - deydi Buffon.
Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi ilk marta 1958 yilda, so‘nggi marta esa 2006 yilda jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.
Fikrlar