Buffon saudiyaliklarning super taklifiga qanday javob qaytardi?

  • 3 iyul, 2023, 12:10
  • 0
  • Futbol

Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon Saudiya Arabistoni chempionatiga o‘tishni istamadi. La Gazzetta dello Sport nashri jurnalistlarining yozishicha, 45 yoshli darvozabon faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda, shuning uchun uning rejalariga Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tish kirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Saudiya klubi Buffonga yillik 15 million evro maosh bilan ikki yillik mehnat shartnomasi taklif qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Janluidji o‘tgan mavsum "Parma" safida barcha musobaqalarda jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 24 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!