Bugun 8 ta vaznda Osiyo chempionlari aniqlanadi
Amman shahrida o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati start olyapti
Bugun Iordaniya poytahti Amman shahrida o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi.
Ilk kungi bellashuvlarda qit’amizning 20 davlatidan kelgan yosh dzyudochilar jami 8 ta vazn toifasida bahslarga kirishadi.
O‘gil bolalar -50, -55, -60, -66 kg, qizlar -40, -44, -48, -52 kg vazn toifasida tatamiga chiqadilar.
Kunduzgi dastur bahslari bizning vaqt bilan soat 13:00da boshlanadi.
Bugun tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz:
-50 kg: Akbar Sharipov – Yu-En Kao (Xitoy Taypeyi)/Sanad Al-Zorba (Iordaniya)
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov – Haytam Al Salhi (Suriya)/Vijay Pagare (Hindiston)
-55 kg: Bobur Yusupov – Sartak Mamagayn (Hindiston)
-60 kg: Davlatbek Ahrorov – Ibrohim Al-Qadhi (Yaman)
-60 kg: Abubakr Sattorov – Buti Alhashmi (BAA)
-66 kg: Akromjon Karimov – Ali Abdulloh (Quvayt)
QIZLAR:
-40 kg: Iroda Sirojiddinova to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/2 finalda
-44 kg: Alina Kolyucheva – Munira Manasbekova (Qirg‘iz Respublikasi)
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva – Shen Ting-Yu (Xitoy Taypeyi)/Lyan Al-Jabali (Iroq)
-48 kg: Charos Hikmatova – Ritaj Al-Jabali (Iroq)/Layzenri Okta (Indoneziya)
-48 kg: Mohinur Ollaberganova – Malak Alshaer (Suriya)/Diviya Makvana (Hindiston)
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva – Kushki Mahsa (Eron)
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar (0)