Bugun Afrika Millatlar kubogining pley-off bosqichi o‘z nihoyasiga yetadi

  • 06.01.2026 13:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Marokashda Afrika Millatlar kubogining navbatdagi turniri o‘tkazilmoqda. Bugun esa ushbu musobaqaning pley-off bosqichi o‘z nihoyasiga yetadi. 
 
Dastlab, 21:00’da Jazoir terma jamoasi Kongo bilan kuch sinashadi. G‘olib bo‘lgan jamoa chorak finalda Nigeriya terma jamoasi bilan bahs olib boradi. Soat 00:00’da esa Kot-d'Ivuar - Burkina-Faso jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv start oladi. Mazkur bellashuv g‘olibi keyingi bosqichda Misr terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, chorak finalning ilk uchrashuvi 9 yanvar kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Soat 21:00’da Mali - Senegal, 00:00’da esa Kamerun - Marokash terma jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!