Bugun Arteta - Gvardiola qarama-qarshiligi: APL jadvalini unuting! (prevyu)

  • 22 dekabr, 2020, 22:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda qo‘lga kiritgan titullari bilan ko‘p narsalarni isbotlashga qodir ekanligiga sha’ma qilgan Mikel Arteta uchun kuz omadsiz o‘tdi. Ha, klub rahbariyati undan hozircha natija talab etmasligi aniq. Lekin bu Premer-ligada autsayderlar qatorida yurish uchun vakolat bermaydi. “Everton”dan uchralgan mag‘lubiyat bilan “kanonirlar” ketma-ket 7-bellashuvni g‘alabasiz yakunladi. Jamoa ayni damda turnir jadvalining 15-pog‘onasini band etib turibdi. Ammo bu boshqa musobaqa va o‘zgacha atmosfera. Lekin buni eng avvalo “Arsenal” futbolchilari tushunishi lozim. 

Tecno

“Manchester Siti” esa o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni yanada aniqroq belgilab olib, rivojlanishda davom etmoqda. Ketma-ket o‘yinlarda Pep shogirdlari kamoli ishonch bilan g‘alaba qozonyapti. “Quruq o‘yin”lar sonining tobora ortib borayotgani ispaniyalik mutaxassisni qiynovchi eng katta muammoning bartaraf etilganini anglatadi. Gvardiola jamoalari liga tipida o‘tuvchi musobaqalarda u qadar katta qiyinchilikka uchramaydi. Ammo bugun Angliya Liga kubogi bahsida “shaharliklar”ga o‘zlaridan kattaroq tarix va muxlislar armiyasiga ega klub raqib bo‘ladi. Pley-off bosqichi har bir jamoaga kutilmagan holatlarni taqdim etishi mumkin. 

Muhim o‘yin oldidan jamoalarning holati qanday va ularda qanday o‘ziga xos jihatlar mavjud. 

nWOYiukP

“Arsenal”

Bu mavsum “Arsenal”da hech bir chiziq o‘z darajasida o‘ynay olmayapti. Bir tarafdan Arteta o‘tgan mavsum yakunida ham ligada aytarli ish bajara olmagandi. Kubokda g‘alaba qozona olmagan taqdirda, xalqaro maydondan quruq qolishi aniq edi. Ispaniyalik mutaxassis jamoasini pley-off tipidagi musobaqalarga yaxshi tayyorlay olmoqda. Bugun o‘yinning asosiy vaqti va qo‘shimcha bo‘limlar durang bilan tugagudek bo‘lsa, jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat etishga majbur bo‘ladi. Nimchorak finalda aynan “futbol lotereyasi” “to‘pchilar”ning “Liverpul”dan ustun kelishiga sababchi bo‘lgandi. Boshqa tarafdan, Kloppga Liga Kubogiga jiddiy qarashni o‘rgatishdan ko‘ra, sherni qo‘lga o‘rgatish osonroqdek tuyuladi. U o‘zining tavakkaldan iborat taktik ishlanmalarini aynan mana shu turnirga saqlab qo‘yadi, chog‘i. Mayli, bu boshqa mavzu. 

“Kanonirlar” Per-Emerik Obameyang o‘yiniga shu qadar bog‘lanib qolganki, mana u biror foyda keltira olmayotgan paytda klubning ishlari ham orqaga ketmoqda. So‘nggi turda u biroz o‘ziga kelgandek ko‘rindi. Avtogol ta’sir qildi, shekilli. Ammo birgina goli “Everton”ni taslim etishga etmadi. Bugun Tomas Partining maydonga tushishi so‘roq ostida. U ham mavsum boshida o‘zidan kutilgan umidlarni batamom puchga chiqardi. Tomasni kuchli qilib turgan jihat Simeonening uslubi ekanligi oydinlashib qoldi. Unda Kante singari bir o‘zi jamoa o‘yinini nazorat qilish qobiliyatlari mavjud emas ekan. Parti zo‘r futbolchi, qachonki uning sheriklari ham zo‘r o‘ynasa! 

Arteta esa majburlikdan Muhammad Elnenining xizmatlariga murojaat etmoqda. Bugun diskvalifikatsiya sabab Granit Jakani maydonda ko‘rmaymiz. Muammoli “Arsenal”da sardorda ham barchasi joyida emas! 

Bugun ushbu klub safidan Eddi Nketiyani kuzatish ancha qiziq kechishi mumkin. Jamoadagi boshqa hujumchilar jarohat va beqaror o‘yin bilan kurashib yurgan bir paytda yosh futbolchi asosiy tarkibga munosib ekanini isbotlab ketishi mumkin. 

Taxminiy tarkib: Leno, Tirni, Gabriel, Xolding, Saka, Sebalos, Uillok, Meytlend-Naylz, Obameyang, Nketiya, Pepe. 

EpxRhGQXcAAtejS

“Manchester Siti”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi bilan shartnoma uzaytirishda asosiy bandni UEFA Chempionlar Ligasi etib belgiladi. Bir tarafdan, eng boshidanoq “shaharliklar” egalari Pepga EChL bosh sovrinini olib berishni vazifa, deb belgilagan. Ushbu yillar mobaynida qanchalik yaqin kelmasin, “Siti” Chempionlar Ligasini har xil sabablar bilan tark etaverdi. 

Gvardiola Liga kubogini o‘z musobaqasiga aylantirib yuborishga erishgan. Amaldagi chempionlar 1518 kundan buyon Liga kubogidan chiqarib yuborilmayotgan ekan. O‘zaro o‘yinlar nisbatiga ko‘ra, tushunarliki, “to‘pchilar” ustunlikka ega. Umumiy 201 ta uchrashuvning 98 tasi “Arsenal” foydasiga hal bo‘lgan, 58 tasida manchesterliklar zafar quchgan. 

Pep Gvardiola jamoasida bir nechta yo‘qotishlar mavjud. Ammo bu ularning natijasida bahona bo‘la olmaydi. Zinchenko, Lyaport, Garsiya va Jezusning yo‘qligi o‘yinga u qadar katta ta’sir ko‘rsatmasa kerak. 

Taxminiy tarkib: Ederson, Mendi, Ake, Diash, Uoker, Fernandino, Gyundogan, De Bryuyne, Sterling, Mahrez, Aguero. 

EpyJh7DXEAU8GgH

Murabbiylar

Mikel Arteta: “Ligadagi natijalar ushbu turnirda ta’sir etmasligidan biz ham umidvormiz. “Lester” va “Liverpul”gacha ham 2 ta qiyin raqibni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandik. Bugun o‘z uyimizda o‘ynamoqdamiz, “Uembli”ga yaqinroq turibmiz. Biz mana shu kabi o‘yinlarda o‘sishga erishamiz. 

Men o‘zimiz bilan bo‘lib o‘tgan voqealarni to‘g‘ri qabul qilmoqdaman. Muvaffaqiyatsizliklar doim g‘alabalaringiz bilan yonma-yon yuradi. Men hech qanday bosimni his qilmayapman. Rahbariyat meni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda”. 

C3xQefCs

Pep Gvardiola: “Mavsum bizga qanday natijalar taqdim etishini bilmayman. Biz o‘yindan o‘yinga o‘tib boramiz, xolos. Har bir uchrashuvda o‘z mehnatimizga yarasha natijalar qayd etamiz. Hozir bizni Liga kubogida “Arsenal” va APLda “Nyukasl” kutib turibdi. Biz raqiblarimiz haqida uzoq o‘ylab o‘tira olmaymiz. 

Moliyaviy qiyinchiliklar butun futbolga ta’sir ko‘rsatgan, biz bundan mustasno emasmiz”. 

EpTldI4U0AEJRH4

Xulosa o‘rnida

Arteta Gvardiolaga qarshi har qanday uchrashuvda imkoniyatga ega. U o‘z ustozi nimalarga qodirligini biladi va uning uslubidagi kamchiliklardan xabardor. O‘yinda to‘p nazoratini qo‘lga olgan jamoa yutib ketishi oson kechadi. “Arsenal” uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘z imkoniyatlarini izlashga urunib ko‘radi. Dastlabki 30 daqiqa ichida ruhiy ustunlikni boy berib qo‘ygan taqdirda, “kanonirlar” qayta o‘zlariga kela olmay qolishi mumkin. 

Har qanday holatda ham, bizni bugun Angliyaning eng shiddatli qarama-qarshiliklaridan biri kutib turibdi. 

Abdulvosid Valixonov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!