Bugun Coca Cola Superligasida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan va ikki o‘yinning birida mag‘lub bo‘layotgan jamoa bahsi kuzatiladi
Bugundan Coca Cola Superligasi yana qaytadan restart oladi. Birinchi davraning navbatdagi 4 turi markazlashgan tartibda o‘tkaziladi. Shu bois jamoalar neytral stadionlarda o‘ynaydi. Bugun “Lokomotiv” “Bunyodkor” stadionida AGMKga qarshi bahs olib boradi. "Lokomotiv" klubi matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Turnir jadvalida AGMK 21 ochko bilan ikkinchi o‘rinda boryapti. To‘plar farqi 13-6. “Loko” esa 12 ochko to‘plab 8-o‘rinni egallab turibdi. To‘plar farqi 11-12.
AGMK hozircha, Superligada yutqazmagan yagona klub. Jamoa hisobida 6ta g‘alaba va 3 mag‘lubiyat bor. “Lokomotiv” 9ta o‘yinning 4tasida g‘alabaga erishib, besh bor mag‘lub bo‘ldi.
Bungacha ketma-ket uchta turni uyda o‘tkazgan “temiryo‘lchilar” shundan ikkitasida zafar quchib bir bor mag‘lub bo‘lishdi. “Loko” “Qizilqum” va “Surxon”dan ustun kelib, kutilmaganda, “Mash’al”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.
AGMK esa qatorasiga 6ta bellashuvda g‘alaba qozonib, oxirgi o‘yinida durang o‘ynadi. Olmaliqliklar Toshkentda “Paxtakor” bilan 2:2 hisobini qayd etishdi.

Fikrlar