
Bugun dzyudochilarimiz "Junior European Cup 2025" turniridagi ishtirokini boshlaydi
Ikki kun davomida Vengriyaning Paksh shahri dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Evropa kubogiga mezbonlik qiladi.
"Paks Junior European Cup 2025" musobaqasida 5 qit’aning 38 davlatidan jami 474 (298 erkak, 176 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun bahslarga kirishadi. Ushbu turnirda Kamol Murodov va Diyorbek O‘razboev murabbiyligidagi terma jamoamiz a’zolari yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:
-60 kg: Asadbek Misirov - Stepan Smechkal (Chexiya)
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov - Botond Jekeli (Ruminiya)
-66 kg: Dilshodbek Hamroev - Abdulloh Parchiev (IJF)/Juraj Odkladal (Slovakiya)
-73 kg: Muhriddin Ma’rufov - Fabio Raes (Niderlandiya)
-73 kg: Bunyod Safarov - Gabor Mateffi (Vengriya)
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov - Akos Lado (Ruminiya)/Mark Perech (Vengriya)
-90 kg: Azamat Ablakulov - Leonardo Kopat (Italiya)
-100 kg: Muhammadali Zoirov - Franchesko Fiore (Italiya)
+100 kg: Fazliddin Rafiqov - Yanos Balog (Vengriya)
QIZLAR
-48 kg: Sevinch Murodova - Roza Agumava (Germaniya)/Zimri Nesher (Isroil)
-52 kg: Zarina Jamalova - Sharlott Nettesheym (Germaniya)
-57 kg: Rayhona Mamatova - Leoni Vikert (Germaniya)
-63 kg: Nigina Saparboeva - Ligi Boaron (Isroil)
-63 kg: Sarvinoz Husanova - Luchiya Barichevich (Xorvatiya)
-63 kg: Marjona Nurulloeva - Sejla Spahich (Chernogoriya)
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva - Jorjina Krupl (Vengriya)
-78 kg: Mushtariybegim Afsalova - Kevser Dilbirligi (Turkiya)
+78 kg: Umida Nig‘matova - Peppa Plonert (Germaniya)/Jazmin Jurak (Vengriya)
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar