Bugun dzyudochilarimiz “Katta dubulğa” turniridagi ishtiroklarini boshlaydi

  • 28.08.2026 13:36
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Shveytsariyaning Lozanna shahrida dzyudo bo‘yicha navbatdagi “Katta dubulğa” turniri start oladi. Dunyoning 77 mamlakatidan 500 nafaridan ortiq sportchi ishtirok etadigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham qatnashadi. Mamlakat dzyudo federatsiyasining ma’lumotiga ko‘ra, turnirda quyidagi 21 nafar sportchimiz medallar uchun kurash olib boradi:

Erkaklar:
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov
-60 kg: Bahrom Boturov
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev
-66 kg: Azizbek Ortiqov
-81 kg: Arslonbek Tojiev
-90 kg: Nurbek Murtazoev
-90 kg: Umar Bozorov
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev
-100 kg: To‘lqinbek Turdiev
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev

Ayollar:
-48 kg: Laziza Haydarova
-48 kg: Ulbusin Hakimova
-52 kg: Sita Kadambaeva
-52 kg: So‘diyona Rafkatova
-63 kg: Marjona Nurulloyeva
-70 kg: Khurshida Razzoqberdieva
-70 kg: Shirinjon Yuldasheva
-78 kg: Barchinoy Qodirova
-78 kg: Marjona Ko‘chimova
+78 kg: Umida Nig‘matova
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva

Dasturga ko‘ra, bugun erkaklar o‘rtasida -60 kg, -66 kg, ayollar o‘rtasida esa -48 kg, -52 kg va -57 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!