Bugun dzyudochilarimiz MDH o‘yinlaridagi ishtiroklarini boshlaydi. Qur’a natijalari bilan tanishing!
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahri birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stlik o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.
Bugun musobaqaning oltinchi kungi bahslari doirasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi medallar uchun kurashga kirishadi. "Ak Bars" yakkakurash markazida kechadigan dzyudo musobaqasida 9 davlatning jami 114 nafar ishtirokchisiga tatamiga chiqadi. Ular qatorida Ulug‘bek Azizov va Kamol Murodov murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasining 17 nafar dzyudochisi ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.
Qur’a natijalari:
Qizlar
-48 kg: Xalimajon Qurbonova (bahslar aylana tarzda o‘tadi)
-52 kg: Yuliana Maksetbayeva - Sabina Alieva (Ozarbayjon)
-57 kg: Shukurjon Aminova - Saule Almazova (Qirg‘iziston)
-63 kg: Farangiz Hojieva - Ajar Isayva (Qirg‘iziston)
-63 kg: Farangiz Rejepova - Polina Slesarenko (Belarus)
-70 kg: Farangiz Xolmurodova - Vera Senatorova (Rossiya)
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva (bahslar aylana tarzda o‘tadi)
+78 kg: Fotima Kuramboeva (bahslar aylana tarzda o‘tadi)
O‘g‘il bolalar
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Ahmad Yusifov (Ozarbayjon)
-66 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev - Yeremek Amangeldi (Qozog‘iston)/Salamat uulu Baybol (Qirg‘iziston)
-66 kg: Azizbek Ortiqov - Dmitriy Mujaylo (Belarus)
-73 kg: Jaloliddin Boynazarov - Xamzat Axmarov (Rossiya)
-81 kg: Nurbek Murtozoev - Asad Masabirov (Qirg‘iziston)
-90 kg: Ozodbek Murotov - Aleksandr Sidorik (Belarus)
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboev - Aleksandr Tarasevich (Belarus)
-100 kg: Suhrob Rajabov - Odil Karimli (Ozarbayjon)
+100 kg: Shohruhxon Baxtiyorov - Valeriy Endovitskiy (Rossiya)
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar