
Bugun EChL chorak finalining javob bahslari o‘tkaziladi
Bugun UEFA Chempionlar ligasining chorak final javob o‘yinidan o‘rin olgan 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Jumladan, PSJ o‘z maydonida “Bavariya”ni, “Chelsi” esa “Portu”ni qabul qiladi.
Myunxenda o‘tgan dastlabki bahs 2:3 hisobida PSJning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. O‘sha o‘yinda parijliklar safida Kilian Mbappe dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, yana bir gol Markos Korrea hisobiga yozilgan edi. “Bavariya”ning ikki golini Erik Shupo-Moting hamda Tomas Myuller kiritgan.
“Ramon Sanches Pisxuan” o‘yingohida kechgan bellashuvda 0:2 hisobida “aristokratlar”ning qo‘li baland kelgan edi. O‘shanda “Chelsi”ning gollarini Meyson Maunt hamda Benjamin Chilvell kiritgan.
Yuqoridagi har ikkala uchrashuv ham bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu bellashuvlarni Uzreport hamda Futbol TV telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar