Bugun Futbol TV Millatlar ligasi doirasidan o‘rin olgan Gollandiya - Angliya uchrashuvini jonli efirda ko‘rsatadi

  • 06.06.2019 16:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Avval xabar berganimizdek 5-9 iyun kunlari Portugaliyada UEFA Millatlar ligasining final bosqichi o‘tkaziladi. Hal qiluvchi bellashuvlarda Evropaning 4ta saralangan terma jamoasi – Gollandiya, Angliya, Shveytsariya va Portugaliya ishtirok etadi.

Ushbu musobaqani O‘zbekiston xududida namoyish etish huquqini qo‘lga kiritgan Futbol TV telekanali yurtimizdagi millionlar ishqibozlarni zeriktirib qo‘ymaydi.

Kecha, ya’ni 5 iyun kuni Millatlar ligasining final bosqichi dastlabki juftligida mezbon Portugaliya Shveytsariyani 3:1 hisobida enganidan xabaringiz bor.

Bugun esa “Estadio D. Afonso Henriques” stadionida ikkinchi juftlik - Gollandiya va Angliya o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu o‘yinni Toshkent vaqti bilan soat 23:45dan boshlab aynan Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.

6

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!