Bugun ham 4 nafar bokschimizga muxlislk qilamiz!

  • 10.03.2026 05:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirda ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti. 

Bugungi dasturdan 4 nafar hamyurtimizning janglari o‘rin olgan.

-51 kg: Nazokat Mardonova - Ayim Tankibaeva (Qozog‘iston) 09:00. 

-54 kg: Sabrina Chakomanova - Jon Un Gyong (Shimoliy Koreya) 11:30.

-50 kg: Abdugani Yorqinjonov - Omar Abdulvahhab (Liviya) 12:30.

-48 kg: Maftuna Musurmonova - Assilay Murat (Qozog‘iston) 16:15. 

-60 kg: Rushanabonu Isoeva - Brooke Miller (Yangi Zelandiya) 17:15.

Bahslar Toshkent vaqti bilan, birinchi dastur 09:00 da, ikkinchi dastur 15:00 da start oladi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!