
Bugun "Inter" yana bir transferni e’lon qilishi mumkin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen yaqin vaqtlari ichida "Inter" futbolchisiga aylanadi.
Klublar futbolchining transferi masalasida kelishuvga erishdi. Uyga ko‘ra, ingliz klubi yarim himoyachi transferidan 20 million evro ishlab oladi, uning ikki millioni danilyaikning sobiq klubi "Ayaks" hisobiga o‘tkaziladi.
The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, kecha Eriksen "Tottenxem" bazasini tark etib, Milanga yo‘l olgan. U bugun "Inter" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va klub ihtiyoriga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.
Yarim himoyachi "neradzurrilar" safida yiliga 10 million evro maosh oladi va A Seriyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari qatorida Ronaldudan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi.
Fikrlar