Bugun Jahon chempionatida Elbek Tojievga muxlislk qilamiz!
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Sayyoramizning 93 davlatidan kelgan dzyudochilar ishtirokida o‘tkazilayotgan dunyo birinchiligining uchinchi kuni erkaklar o‘rtasida -73 kg, ayollarda esa -57 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolaridan Elbek Tojievga muxlislilik qilamiz. U ilk davrada britaniyalik Etan Nayrn ga qarshi tatamiga chiqadi.
Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar