Bugun Jahon chempionatida Muzaffarbek To‘raboevning chiqishiga guvoh bo‘lamiz!

  • 10.10.2026 13:20
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati yakkalik bahslarining so‘nggi kuniga yetib keldik. 

Bugun musobaqaning yettinchi kuni erkaklar o‘rtasida +100, ayollarda esa +78 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Og‘ir vaznlilar bellashuvida Umida Nig‘matova, Irisxon Qurbonboeva va Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboev yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. 

Kunduzgi dastur saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi. 

Kechagi kun doirasida hamyurtimiz To‘lqinbek Turdiev (-100 kg) jahon reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turgan nomdor raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, bronza medali uchun bellashuvgacha yetib keldi va yakunda qimmatli 720 ochkoga ega bo‘lgandi.   

Dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:

+78 kg: Umida Nig‘matova — Nominzul Dambadarjaa (Mo‘g‘uliston)
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva — Izayana Marenko (Nikaragua)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboev — Irakli Demetrashvili (Gruziya)

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!