Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bugun legionerimiz Doston Hamdamov jamoasi muhim o‘yinda ishtirok etadi

Izohlar: 0

Bahs 20:30da boshlanadi.

Bugun Qatar yulduzlar ligasida pley-off uchrashuvi o‘tkaziladi.

Unda hamyurtimiz Doston Hamdamov harakat qiladigan "Al Sayliya" "Al-Xuritiyat" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi. 

Ma’lumot o‘rnida, "Al Sayliya" chempionatdagi 22 bahsda 16 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur natija orqali klub jadvalning 11-pog‘onasini band etgan.

"Al-Xuritiyat" ikkinchi divizionda 14 o‘yinda 29 ochko jamg‘argan holda, 2-o‘rin sohibiga aylangan. Ushbu ikki jamoa to‘qnashuvida kim g‘alaba qozonsa, o‘sha klub yulduzlar ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q