Bugun Masharipov va Shukurov o‘ynayotgan klublar final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi

  • 22 fevral, 2021, 09:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun BAA prezidenti kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Birinchi bellashuvda Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" klubi "Baniyas"ga qarshi maydonga chiqadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da start olishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, bugun yana bir hamyurtimiz jamoasi bilan final chiptasi uchun kurash olib boradi. Bizning vaqt bilan 21:30 da boshlanadigan uchrashuvda Otabek Shukurov o‘ynaydigan "Sharja" Dubayning "Al-Nasr" klubini mehmon qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!