Bugun Odilxon Kamalov va Shohjahon Ergashev ishtirokidagi boks janglari bo‘lib o‘tadi!

  • 04.01.2026 11:29
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Bugun Samarqandda "Top Seven Fighters" promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi o‘tkaziladi.

Kechaning markaziy jangida taniqli bokschimiz Shohjahon Ergashov hindistonlik Gurprit Singh bilan bahs olib boradi. 

Ikkinchi markaziy to‘qnashuvda esa ikki hamyurtimiz Odilxon Kamolov va Sherxon Raxmatov o‘zaro ringga ko‘tarilishi belgilangan.

Quyida ushbu turnirning to‘liq kardi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mazkur boks oqshomi soat 17:00 da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!