Bugun O‘zbekiston ko‘k, KXDR esa oq rangda o‘ynaydi
Xabaringiz bor bugun Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs poytaxtimizdagi muhtasham “Milliy” stadionda soat 20:00da boshlanadi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda bugun vakillarimiz ko‘k, mehmonlar esa oq rangli libosda harakat qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz bundan avvalgi o‘rtoqlik uchrashuvida safarda Turkiyaga qarshi o‘tkazgan va 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar