
Bugun O‘zbekiston MTJga 3 futbolchi yordam bera olmaydi
Bugun Yaman - O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tashidan, xabaringiz bor. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.
O‘yin oldidan terma jamoamiz safida 3 ta yo‘qotish bor. Hojimat Erkinov jarohati bois uchrashuvn o‘tkazib yuboradi. U yurtimizga qaytib ketdi. Erkinov Toshkentda tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
Oybek Bozorov U-23 Osiyo chempionati doirasidagi olgan qizil kartochka tufayli mazkur bahsda maydonga tushmaydi. Bozorov Saudiya bilan o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
Singapurga to‘qnashuvda Otabek Shukurov sariq kartochka oldi. Endi uning hisobida 2 ta ogohlantirish bor. Otabek ham oxirgi turda qatnashishi mumkin.
Fikrlar
Erkinov bilan Bozorov umuman tushmasa ham rozimiz