Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar germaniyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushishadi
Avval xabar berganimizdek bugun Andijonda O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Germaniyaning Berlin futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan iborat U-19 jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Ushbu uchrashuvni Temur To‘xtasinov boshchiligidagi andijonlik hakamlar guruhi boshqarib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahs soat 18:40da start oladi.
Fikrlar