Bugun "Paxtakor" stadioniga qancha tomoshabin tashrif buyurdi?

Bugun Toshkentda Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda “Al Sadd” klublari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tganidan xabaringiz bor.

Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy kechgan bahs 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga etdi.

E’tiborlisi, mazur uchrashuvni 32315 nafar ishqiboz bevosita stadiondan turib kuzatib bordi. Qayd etish lozimki, yaqin orada “Paxtakor” uchrashuvini tomosha qilish uchun bu qadar ko‘p muxlis tashrif buyurmagan edi.

Ma’lumot uchun, Shota Arveladze shogirdlari ayni damda 5 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!