Bugun Pro-liga yangi mavsumiga qur’a tashlanadi (foto)

Bugun Pro-liganing yangi mavsumiga qur’a tashlanadi. Qur’a jarayoni Berger tizimi asosida o‘tkaziladi.

Samarqandning "Dinamo" hamda "Yunired" jamoalari o‘z uy uchrashuvlarini "Dinamo" stadionida o‘tkazishi inobatga olingan holda ushbu ikki jamoa o‘zaro juftlik hosil qiladi. Bunda bir jamoa uyda o‘ynaganida, ikkinchisi safarda o‘z uchrashuvini o‘tkazadi.

Juftliklar:

1 – 7
2 – 8
3 – 9
4 – 10
5 – 11
6 – 12.

Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash marosimi "UzReport" telekanali orqali 19:00 dan boshlab jonli efirga olib chiqiladi.

prol

proli

 

Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!