Bugun "Real" skautlari Xolandni kuzatishadi

  • 16.05.2020 11:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubi hamon "Borussiya D" hujumchisi Erling Xolandni kuzatishda davom etmoqda.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “qirollik klubi” skautlari bugun Bundesliganing 26-turidan o‘rin olgan “Borussiya D” - “Shalke” uchrashuvida 19 yoshli norvegiyalik futbolchining harakatlarini diqqat bilan kuzatib borishadi.

Xoland dortmundliklar safiga joriy yilning yanvarida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan vaqt ichida 11 ta o‘yinda raqiblari darvozasiga 12 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!