Bugun Shohjahon Ergashev argentinalik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi

  • 14 dekabr, 2018, 10:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur bahsda hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi. Bungacha Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o‘tkazishi belgilangandi. Ammo, bir necha kun oldin Shohjahonning raqibi o‘zgardi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Shohjahon shu kungacha professional ringda 15 marotaba jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. Ruiz esa bungacha 49 marotaba ringga ko‘tarilgan va ularning 32 tasiga g‘alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).

Jang bugun, 14 dekabr kuni Krasnodardagi «Olimp» sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Shohjahon hozirda o‘z vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohibi bo‘lib turibdi.

Mazkur bahsni ko‘rishni istagan boks muxlislari bugun Rossiyaning "Boks TV" kanalida Toshkent vaqti bilan 20:45 dan boshlab jonli efirda tomosha qilishlari mumkin.
 
Ushbu jangda Shohjahon Ergashevga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!