Bugun "Sport" telekanalida "Mo‘minjonov ishi" va "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi jonli efirda muhokama qilinadi

  • 8 aprel, 2019, 14:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 8 aprel kuni soat 19:00da "Sport TV" telekanalida "Bizning futbol" deb nomlangan ko‘rsatuv jonli efirda namoyish etiladi.

O‘FA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu ko‘rsatuvda bugun so‘nggi paytlarda futbol jamoatchiligi orasida ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzular haqida so‘z boradi. Jumladan, "Navbahor" sobiq bosh murabbiyiga taalluqli "Mo‘minjonov ishi" va Superliga 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvidagi hakamlar harakatlari tahlil qilinadi. Ko‘rsatuvda O‘FA vakillari ham ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasafajdarlari
08/04/2019 20:57
Janob Ma’mur Saidqosimov keling xisoblashamiz 1-xolatda hakam Nasaf foysasiga adashti lekin 2-xolatda esa birdaniga bu xatoni to‘g‘irladi tegmagan qo‘lga penalty berdi demak vaziyat tenglashti. Endi 3-xolatda yon xakam Paxtakor foydasiga adashti yaqqol gol bo‘lishi kerak bo‘lgan vaziyatni o‘yindan tashqari xolat deb baholadi. Oxirgi xolatda mayli to‘p himoyachini oyog‘idan ketkan bo‘lsa xam gol xaqqoniy bo‘lgan bo‘lsa xam agar yon xakam adashmasa xisob yana tenglashardiku nimaga 1-2- vaziyatda bosimdan qo‘rqib muvozanatni tiklagan Asimov 3-4 vaziyatda bu ishni qilmadi? Yana Jasur Yaxshiboyev Kenjaboyevga ishlatgan qo‘polligi oqibatida ikkinchi sariq kartochkani olishi kerak bo‘lgan vaziyatlar ko‘rsatilmapti uni nimaga bermadi Asimov xo‘sh! Nasaf foydasiga adashsa xato emishku lekin Paxtakor foydasiga adashsa insoniylik faktori emish! Exxxx sizni o‘tirgan joyiz sizni shu ishga qo‘ygan odamni insoniylik faktori xatosi bilib qo‘ying.

©fcnasafajdarlari
&
Бек
08/04/2019 19:44
6 дақиқада нима гап унда?????