Bugun U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi
Bugun 2026-yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpur shahrida start oladi.
Qur’ada jamoalar 4 ta savatchaga ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi amaldagi chempion sifatida 1-savatchadan o‘rin olgan:
1-savatcha
Saudiya Arabistoni (musobaqa mezboni)
Yaponiya
Koreya Respublikasi
O‘zbekiston
2-savatcha
Tojikiston
Avstraliya
Yaman
Indoneziya
3-savatcha
Tailand
Xitoy
Vetnam
Hindiston
4-savatcha
KXDR
BAA
Qatar
Myanma
Mazkur musobaqa Qatarda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tib beradi. Musobaqaning eng yaxshi 8 ta jamoasi 2026-yilgi o‘smirlar o‘rtasidagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpur shahrida start oladi.
Fikrlar