Bugun U17 Jahon chempionatiga qur’a tashlanadi

  • 21.05.2026 11:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Tsyurix shahrida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi. Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi qur’aning 2-savatchasidan o‘rin oldi.

Musobaqa 2026 yilning 19 noyabridan 13 dekabrigacha Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Unda 48 ta terma jamoa 12 guruhga bo‘lingan holda Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!