Bugun VI Osiyo sohil o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi

Bugun Xitoyning Sanya shahrida Osiyo sohil oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. 6-bor tashkil etiladigan bu galgi bahslar 30-aprelga qadar oʻtkazilib, unda qitʼamizning 40 ta davlatidan tashrif buyurgan atletlar sohil bellashuvlariga ixtisoslashgan musobaqalarda kuch sinashishadi.

Mazkur Oʻyinlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi ochiq dengizda suzish, sohil engil atletikasi va sohil voleyboli yoʻnalishlarida ishtirok etadi. Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da musobaqaning tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!