Bugun Yaxshiboev va Umarovning jamoalari o‘ynaydi

Bugun Belarus chempionatida 19-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur o‘z maydonida "Torpedo BelAZ" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.

Shuningdek, bugun Jasur Yaxshiboevning "Shaxtyor" jamoasi ham o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Soligorskliklar "Smolevichi"ni mehmon qilishadi.

Belarus Oliy ligasi. 19-tur

18:00 "Energetik-BGU" - "Torpedo BelAZ"

22:00 "Shaxtyor" - "Smolevichi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!