
Bugun Yaxshiboev va Umarovning jamoasi o‘ynaydi
Bugun Belarus chempionatida 6-tur o‘yinlari start oladi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur "Neman" mehmoni bo‘ladi.
Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadigan mazkur bellashuvni "Match Futbol 1" telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniga egasiz.
Quyida bugungi uchrashuvlar anonsini ilova qilamiz.
20:00 "Smolevichi" - "Dinamo Minsk" | "Match TV", "Match Futbol 1"
22:00 "Neman" - "Energetik-BGU" | "Match Futbol 1".
Fikrlar