Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

Bugundan "Abu Dhabi Grand Slam 2025" turniri boshlanadi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Ilk kuni ayollar -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqishadi.

Bugun BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir start oladi. "Abu Dhabi Grand Slam 2025" turnirining ilk kuni erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52, -57 kg vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqishadi. 

Ilk kungi bahslarda O‘zbekiston ayollar terma jamoasining to‘rt nafar vakilasi musobaqa medallari hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan qimmatli ochkolar uchun bahslarga kirishadi. Ularni shiddatli bellashuvlar va jiddiy raqobat kutmoqda. 

-48 kg: Laziza Haydarova — Amber Gershes (Niderlandiya)

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova — Roza Dertyash (Vengriya) 

-52 kg: Muhayyo Ahmatova — Yuna Gerasimova (Rossiya)

-57 kg: Shukurjon Aminova — Ganxuyag Enxjin (Mo‘g‘uliston)

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q