Bunaqa maosh berganidan keyin “Liverpul”da o‘ynamanda!

  • 2 sentabr, 2022, 11:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachi Artur Melo “Yuventus”dan “Livelpul”ga ko‘chib o‘tdi. Ijaraga olingan futbolchi “Liverpul”da jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan Jordon Xenderson o‘rnini bosishi kerak.

Tecno

Artur yangi jamoasida mo‘may maosh oladi. Uning maoshi “Liverpul”ning ayrim etakchilarinikidan baland bo‘ladi. Ma’lumotlarga qaraganda, Yurgen Klopp jamoasi Arturga har hafta 110 ming funt to‘laydi.

Shu tariqa, braziliyalik futbolchi “Liverpul” etakchilari  - Joel Matip (100 ming funt), Diogu Jota (90 ming funt),  Ibraim Konate (70 ming funt), Luis Dias (55 ming funt) va Endi Robertsondan (50 ming funt) ko‘proq maosh oladi.

“Liverpul” futbolchilarining haftalik maoshlari quyida ko‘rsatilgan:

maosh

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!