Bunday derbidagi rasmiy va norasmiy o‘yinlarda ham kuchlar teng kelaveradi-ya...
FIFA kunlari munosabati bilan "Neftchi" jamoasi o‘z imkoniyatlarini kamaytirmaslik maqsadida "Qo‘qon-1912" klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishga qaror qildi.
Bellashuv Farg‘onadagi "Istiqlol" markaziy o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. Birinchi bo‘limda maydon egalari ko‘proq hujum uyushtirib, raqiblarni ancha bezovta qilishga erishdi. 40-daqiqada jamoaning navbatdagi kombinatsion hujumida Jamshid Boltaboev qo‘qonliklar darvozasini aniq nishonga olib, hisobni ochdi 1:0. Mehmonlar hisobni tenglashtirish uchun ko‘p harakat qildilar. Lekin birinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘limda "Neftchi" murabbiylari yosh futbolchilarga o‘zlarini sinovdan o‘tkazib, mahoratlarini namoyish etishlari uchun sharoit yaratishga qo‘l urdilar.
Shu tariqa, maydonda birinchi bo‘limda harakat qilgan to‘qqiz nafar futbolchi zaxiraga olinib, o‘rniga yosh futbolchilar maydonga tushirildi. Ular murabbiylar ishonchini oqlash uchun raqibning tajribali futbolchilari bilan tengma-teng olishdilar.
Qo‘qonliklar jarima maydonida bir necha bor xavfli vaziyatlarni yaratishga ham muyassar bo‘ldilar. Lekin, uchrashuv tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda mehmonlar hujumchisi Husniddin G‘ofurovni to‘xtatib qolish maqsadida qilingan noto‘g‘ri harakat evaziga farg‘onaliklar darvozasiga 11 metrli jarima belgilanishiga sabab bo‘ldi. Jarimani jabrlanuvchining o‘zi amalga oshirib, hisobni tenglashtirishga erishdi 1:1.
Yodingizda bo‘lsa, ushbu jamoalar chempionat boshlarida aynan Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida rasmiy bahsda maydonga tushishgandi va o‘shanda darvozalar daxlsiz qolgan - 0:0. Ko‘rib turibsizki, bu jamoalarning o‘rtoqlik o‘yinida ham yana g‘olib aniqlanmadi.
Nazorat uchrashuvi
"Neftchi" — "Qo‘qon-1912" - 1:1
Gollar: Jamshid Boltaboev, 40 - 1:0. Husniddin G‘ofurov, 90+2-pen - 1:1.
Hakamlar: Olim To‘ychiboev, Shoxrux A’zamov, Ahror Rahmatov.
"Neftchi": Akbar To‘raev, Anvar G‘ofurov, Muhammadziyo Adhamjonov, Boyan Tsiger, Ikrom Aliboev, Ibrohimxalil Yo‘ldashev, Baror Ismoilov, Quvondiq Ro‘ziev, Jamshid Boltaboev, Muhammadali G‘iyosov, Zoran Marushich.
2-bo‘limda maydonga tushganlar: O‘tkir O‘ktamov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Shoxruh Yoqubjonov, Omadillo Abdubannopov, Shoxruh Gadoev, Muhammadjon Toyirjonov, Nodir Karimov, Doniyor Valiev, Xasan Umrzaqov, Muhammadali G‘iyosov.



Fikrlar