
Bundesliga. "Bayer" kambek qilib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
Bundesliganing 18-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Leyptsig" - "Bayer" bahsida Xabi Alonso shogirdlari navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Dastlab, 7-daqiqada Simons hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida Tepla imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Shundan so‘ng mezbonlar yana olding chiqib oldi. 63-daqiqada Ta hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 90+1 daqiqada Inkape g‘alaba golini urdi.
Shu tariqa, "Bayer" turnir jadvalida 48 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. "Leyptsig" esa 4-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar