Bundesliga. “Borussiya Dortmund” "Aytraxht"ni mag‘lub etib, mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi
Bundesliganing 33-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
“Borussiya Dortmund” o‘z maydonida “Ayntraxht”ni qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, 2-daqiqada mehmonlar futbolchisi Uzun hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga qadar esa Jirassi va Shlotterbek gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. 72-daqiqada Inasio ordagi farqni ikkita oshirgan bo‘lsa, 87-daqiqada Burkardt hisobni qisqartirdi — 3:2.
Shu tariqa, “asalarilar” ochkolari sonini 70 taga yetkazib, Bundesligada kumush medallarni naqd qildi.
- Germaniya - Bundesliga
- Muntazam mavsum
Borussiya D
- Serhou Guirassy 42'
- Nico Schlotterbeck 45'
- Samuele Inácio 72'
Tugadi
3
:
2
08.05.2026 23:30
Ayntraxt
- Can Uzun 2'
- Jonathan Burkardt 87'

Fikrlar