
Bundesliga. Bugun "Bayer" "Bavariya"ning 11 yillik seriyasiga chek qo‘yib, chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin
Bugun Bundesliga 29-turi doirasida "Bayer" o‘z uyida "Verder" bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi.
Agar leverkuzenliklar bu bahsda ham zafar quchsa, ta’qibchi "Bavariya" bilan oradagi farqni 16 taga etkazadi va chempionlikni rasmiylashtiradi. Hozirda Xabi Alonso shogirdlari 28 bellashuvda 76 ochko jamg‘argan, 2-o‘rindagi myunxenliklar esa 29 o‘yinda 63 ochko to‘plagan.
Bugun chempionlik masalasi hal qilinsa, "Bavariya"ning 11 martalik ketma-ket g‘olibligi yakunlanadi. Oxirgi marta Bundesligada 2011 / 2012 yilgi mavsumda Yurgen Klopp boshchiligidagi "Borussiya" tengsiz bo‘lgandi.
- Germaniya - Bundesliga
- Joriy Mavsum

Bayer 04
- Victor Boniface 25'
- Granit Xhaka 60'
- Florian Wirtz 83'
- Florian Wirtz 68'
- Florian Wirtz 90'
Tugadi
5
:
0
14.04.2024 20:30

Fikrlar