Bundesliga chempionligi ham Niko Kovachni "Bavariya"da olib qololmasligi mumkin

  • 14.05.2019 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Niko Kovach mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin.

Bild nashrining yozishicha myunxenliklar prezidenti Uli Xyoness jamoaning Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan norozi. U kelasi mavsumda ham xorvatiyalik mutaxassis qo‘l ostida “Bavariya” evrokuboklarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga ishonmayapti.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” ayni damda Bundesligada peshqadamlik qilmoqda va chempionlikka juda yaqin turibdi. Biroq, ushbu chempionlik ham uni o‘z lavozimida olib qololmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!