Bundesliga klubi “Arsenal” yarim himoyachisi bilan muzokaralar boshladi

  • 26.05.2026 18:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Gamburg” Fabiu Viyera transferi bo‘yicha “Arsenal” bilan muzokaralarni boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya klubi kelasi mavsum oldidan tarkibni kuchaytirishni rejalashtirmoqda va “to‘pchilar”ning portugaliyalik yarim himoyachisini transfer uchun asosiy maqsadlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Arsenal safida Viyera kutilgan darajada doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmagani sabab, uning kelajagi atrofida savollar paydo bo‘lgan.

“Gamburg” esa futbolchining texnikasi, ijodkorligi va hujumdagi harakatlarini jamoa uchun muhim kuch sifatida baholamoqda. Hozircha muzokaralarning qay darajada ekani ochiqlanmagan, ammo Germaniya klubi ushbu transferni amalga oshirishga jiddiy yondashayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!