
Bundesliga qaytmoqda. Germaniya chempionatida qanday o‘zgarish va ta’qiqlar mavjud?
Kuchli beshlik asta-sekin qaytmoqda. Birinchilardan bo‘lib, Bundesliga!
Germaniya hukumati koronavirusni jilovlaganidan so‘ng, futbol musobaqasiga ruxsat berdi. Endi 16 maydan muxlislar nemischa futbol shohidiga aylanadi.
Bundesliga 25-turidan so‘ng karantin sabab to‘xtatilgandi. Ko‘plab bahs-munozaralarga qaramay, chempionat yakunlab qo‘yiladigan bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar o‘yinlar orqali aniqlanadi. Uchrashuvlar muxlislarsiz o‘tadi. Lekin shunisiga ham shukr. Ayrim chempionatlar to‘xtagan joyidan yakunlanmoqda.
Germaniya chempionati davom ettiriladi. Lekin bir qator cheklovlar va ta’qiqlar bilan.
– VAR xonasida videoassistentlarning masofa saqlashlari uchun to‘siqlar o‘rnatiladi (oynali yoki plastik).
– Futbolchilar maydonga hakamlar bilan birga saf tortib chiqishlari ta’qiqlanadi.
– Maydondagi futbolchilar va hakamlardan tashqari barcha tibbiy niqob taqishi shart. Bosh murabbiy hamda zaxiradagi hakam ham.
– Zaxira o‘rindig‘i ham masofa saqlash maqsadida uzaytiriladi yoki zaxiradagi klub vakillari muxlislar o‘tiradigan o‘rindiqlarga joylashadi.
– O‘yinoldi jamoaviy rasmga tushish mumkin emas.
Bundesliganing davom etishi deyarli qarshiliklarga uchramadi. Ayrim siyosatchi hamda soha vakillari e’tiroz bildirishdi xolos. Chunki karantin paytida taqchil bo‘lgan virusni aniqlovchi testlar futbolchilarga beriladi. Shu bois ular futbol uchrashuvlarining o‘tkazilishiga qarshilik qildi.
Futbol jamoatchiligi, murabbiylar, rahbarlar boshqa ko‘plab insonlar Bundesliganing boshlanishini intiqlik bilan kutayotganini va bu orqali barchaning e’tibori Germaniya chempionatiga qaratilishini aytdi.
Boshqa davlatlar nashrlari o‘z mamlakatlari ham Germaniyadan o‘rnak olishini xohlamoqda. Bu orqali odamlarni yana hayotga qaytarish harakati deya baholangan.
Taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov karantin davridagi futbol va undagi o‘zgarishlar xususida shunday degandi: “Muxlislarsiz futbolda zavq kamayadi. Biroz bo‘lsa ham shavqi tushgan uchrashuvlarni tomosha qilishga majburmiz. Ammo boshidagi muxlislarsiz o‘tgan bellashuvlar bilan karantindan keyingi tomoshabinlarsiz o‘yin farq qiladi. Chunki futbolni sog‘inganimiz uchun shu o‘yinlar ham chiroyli ko‘rinadi.
Maydonda o‘zgarishlar sezilib turadi. Dastlabki 3-4 tur davomida futbolchilarni holdan toygani bilinadi. Birga mashg‘ulot olib bormagani, zaxirada o‘tirganlar, murabbiylar “maska” taqib turgani o‘z so‘zini aytadi. Futbol jamoaviy o‘yin bo‘lgani uchun bir-biriga bog‘liqligini kamaytiradi. Masofa saqlanayotganini ko‘rsatib beradi”.
Chindan ham shunday. Ammo muxlislarsiz bo‘lsa-da, futbolning davom ettirilishi insonlarni qorong‘ulikdan yorug‘likka chiqaradi, ko‘ngillarga yana avvalgi hayotni taqdim etish uchun dastlabki qadamlarni tashlaydi. Bu futbol orqali bo‘layotgani hayotimizda sportning nechog‘lik katta o‘rin tutishidan darak.
Germaniyada chempionat bugundan davom ettiriladi. Agar barchasi rejadagidek bo‘lsa, Bundesliga 27 iyunda tugaydi. Futbolning tepasida turganlar belgilangan barcha o‘yinlarni o‘tkazmoqchi.
Xullas, Bundesligaga marhabo!
Bundesliga, 26-tur
16 may
Augsburg – Volfsburg
Borussiya D – Shalke
Leyptsig – Frayburg
Fortuna D – Paderborn
Xoffenxaym – Gerta
Ayntraxt F – Borussiya M
17 may
Kyoln – Maynts
Union Berlin – Bavariya
18 may
Verder – Bayer
Turnir jadvali
№ |
Jamoalar |
O‘ |
G‘ |
D |
M |
To‘plar farqi |
Ochko |
1 |
Bavariya |
25 |
17 |
4 |
4 |
73-26 |
55 |
2 |
Borussiya D |
25 |
15 |
6 |
4 |
68-33 |
51 |
3 |
Leyptsig |
25 |
14 |
8 |
3 |
62-26 |
50 |
4 |
Borussiya M |
25 |
15 |
4 |
6 |
49-30 |
49 |
5 |
Bayer |
25 |
14 |
5 |
6 |
45-30 |
47 |
6 |
Shalke |
25 |
9 |
10 |
6 |
33-36 |
37 |
7 |
Volfsburg |
25 |
9 |
9 |
7 |
34-30 |
36 |
8 |
Frayburg |
25 |
10 |
6 |
9 |
34-35 |
36 |
9 |
Xoffenxaym |
25 |
10 |
5 |
10 |
35-43 |
35 |
10 |
Keln |
25 |
10 |
2 |
13 |
39-45 |
32 |
11 |
Union Berlin |
25 |
9 |
3 |
13 |
32-41 |
30 |
12 |
Ayntraxt F |
24 |
8 |
4 |
12 |
38-41 |
28 |
13 |
Gerta |
25 |
7 |
7 |
11 |
32-48 |
28 |
14 |
Augsburg |
25 |
7 |
6 |
12 |
36-52 |
27 |
15 |
Maynts |
25 |
8 |
2 |
15 |
34-53 |
26 |
16 |
Fortuna D |
25 |
5 |
7 |
13 |
27-50 |
22 |
17 |
Verder |
24 |
4 |
6 |
14 |
27-55 |
18 |
18 |
Paderborn |
25 |
4 |
4 |
17 |
30-54 |
16 |
Fikrlar