Bundesliga. Xoland debyut uchrashuvidayoq xet-trik qayd etdi, "Borussiya" iroda ko‘rsatdi
"WWK Arena"da kechgan uchrashuv gollarga boy bo‘ldi va yakunda mehmonlar 5:3 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 46-daqiqada mezbonlar 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo‘lsalarda, ular g‘alabani saqlab qola olishmadi.
56-daqiqada Pishekning o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Erik Xoland dortmundliklar safidagi debyut bahsidayoq xet-trik qayd etib, jamoasining kambek amalga oshirishiga katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar