Bundesliganing fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilindi

  • 21.03.2020 00:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya Bundesligasining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilindi.

Chempionat rasmiy tvitteri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu nom “Borussiya” Dortmund vingeri Jeydon Sanchoga nasib etdi. U fevralda jami 5 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Bundan avvalroq “Borussiya”ning boshqa bir a’zosi - Erling Xolland chempionatning fevral oyidagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!