
Bundesliganing fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi
"Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland Germaniya Bundesligasining fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
G‘oliblik uchun 19 yoshli norvegiyalik futbolchi bilan birga "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Kristofer Nkunku va "Keln" himoyachi Ismoil Yakobslar da’vogarlik qilishgan edi.
Xoland fevral oyida Bundesliga doirasida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol kiritishni uddalagan.
Fikrlar