Bugun bir nafar bokschimiz qit’a birinchiligini tark etdi, 5 nafari esa keyingi bosqichda!

  • 08.07.2026 19:58
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Osiyo chempionati doirasida U23 terma jamoamiz qizlaridan 6 nafari o‘z bahslarini o‘tkazdi.

Vakillarimiz ishtirokidagi bahslarning birinchisida, Robiyahon Baxtiyorova -48 kg vaznda mezbon Linda Sariga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-51 kg vaznda Gulsevar G‘anieva filipinlik Xian Baguindan 5:0 hisobida ustun keldi.

-54 kg vaznda Uzukjamol Yunusova qirg‘izistonlik Milana Shihshabekovani ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Xumorabonu Mamajonova ham keyingi bosqichda. Vakilamiz -57 kg vaznda mezbon Nurul Izzaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. 5:0.

-60 kg vaznda Mushtariybonu Ibrohimjonova Vyetnam vakilasi Ti Nhung Quangni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi.

Sevinch Xurramova -65 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, qozog‘istonlik Arujan Jangabaevani 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu haqida O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabar bermoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!