"Bunyodkor" bosh murabbiyi: "Durang biz uchun qoniqarli natija hisoblanmaydi"

  • 29 sentabr, 2024, 10:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 20-tur ortda qoldi. "Bunyodkor" jamoasi  Toshkentda "Nasaf"ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi taymdan so‘ng shogirdlarimga biz eng zo‘r 45 daqiqalikni o‘tkazganimizni aytdim. Ularga rahmat aytaman. Oxirigacha jang qilishdi.

- Jamoani nimaning evaziga uyg‘ota oldingiz?

- Har bir bahs uchun alohida, jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. "Bunyodkor" doim oldiga katta ambitsiyalar qo‘yadigan klub. Shunga loyiq bo‘lishga intilyapmiz.

- Tanaffusda shogirdlaringizni qanday ruhlantirdingiz?

- Durang biz uchun qoniqarli natija hisoblanmaydi. Yigitlar iroda ko‘rsata olishdi. Hozirgi holatimizni hamma ko‘rib, bilib turibdi. Tanaffusda maqsadimiz yo‘lida istalgan jamoa bilan o‘yinda ochko olish shartligini uqtirdim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
29/09/2024 12:19
ХАКАМГА ХАМ РАХМАТ АЙТИШНИ УНУТМА