"Buyukdor" Markaziy Osiyo derbisida g'alaba qozondi
2026 yilgi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib borayotgan Toshkentning "Bunyodkor" klubi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safar "qaldirgochlar"ga Qozogʻistonning "Atirau" klubi raqiblik qildi. Ushbu uchrashuvda Toshkent klubi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. "Bunyodkor"ning gollariga Matya Krivokapich va Shahboz Umarov mualliflik qildi.
Fikrlar