"Buyukdor" Rivaldo bilan hisob-kitob qilinmagunicha yangi futbolchilarni ro'yhatdan o'tkaza olmaydi
Rivaldo bilan hisob-kitob qilinmagunicha "Bunyodkor" yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. Bu haqida FIFA 23 iyun kuni qaror qabul qilgan. Assotsiatsiya 2 iyul kuni mazkur taqiq haqida Ligani rasm an ogohlantirdi.
Avvalroq "Bunyodkor" braziliyalik sobiq futbolchisi oldida yuzaga kelgan qarzdorlikni rasm an tan olgan bo‘lib, keyinchalik uni besh yil davomida bosqichma-bosqich to‘lab borish yuzasidan Rivaldo bilan kelishuvga erishgandi.
2024 va 2025 yillgi mavsumlar davomida klub besh yillik kelishuv doirasidagi majburiyatlarini bajardi. Biroq 2026 yilga kelib, klub ta’sischisi va bosh homiysi hisoblangan O‘zbekneftgaz AJ Bunyodkor futbol klubini moliyalashtirishni to‘xtatgach, klub joriy yilning may oyiga qadar amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qarzdorlikning navbatdagi to‘lovini bajara olmadi.
Shundan so‘ng Rivaldo FIFAg a qayta shikoyat kiritdi. Qo‘shimchasiga, "Bunyodkor" bilan tuzilgan besh yillik kelishuv shartlari va unda nazarda tutilgan chegirmalar ham bekor qilindi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston da yozgi transfer oynasi 10 avgustga qadar davom etadi. Endilikda "Bunyodkor" yangi futbolchilarni Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Klub mavjud futbolchilar bilan mavsumni yakunlashi, shuningdek, taqiq kuchga kirguniga qadar "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sifatida FIFA ro‘yxatida mavjud bo‘lgan yosh futbolchilarnigina keyinchalik o‘z qaydnomasiga qo‘shishi mumkin bo‘ladi.
Joriy yilning 23-iyun sanasidan keyin Bunyodkor futbol akademiyasiga qabul qilingan yosh futbolchilar ham mazkur taqiq doirasida klub uchun ro‘yxatdan o‘ta olmaydi.

Fikrlar